Özbekiston köplab yillar davomida birinçi marta 2017 yilda gaz qazib oliş hajmini oşiradi. Qöşimça qazib olinadigan gaz hajmi 1,5 milliard kub metrni taşkil qiladi, deb ma'lum qildi jurnalistlarga "Özbekneftgaz" kompaniyasi boşqaruv raisi Alişer Sultonov.

"Joriy yilda bizda köplab yillar davomida ilk marta gaz qazib oliş hajmi köpayişi kuzatilmoqda. Ötgan yilga nisbatan bu qöşimça 1,5 mlrd kub metr gaz böladi ", deb aytdi Sultonov va 2016 yil yakunlariga köra 55 mlrd kub metr gaz qazib olinganini ma'lum qildi. 

Sultonovning aytişiça, gaz içki iste'mol va bir neça yönalişlar böyiça eksportga ketmoqda. "Bu şimoliy yönaliş bölib, bu yerda biz "Gazprom" va Xitoyning CNPC kompaniyalari bilan hamkorlik qilmoqdamiz", deb eslatib ötdi Sultonov.

Uning aytişiça, içki bozorda 30 mlrd kub metr gaz qoladi, "Gazprom" bilan şartnoma böyiça eksport qilinadigan gaz hajmi 6 mlrd kub metrni, Xitoy bilan 10 mlrd kub metrni taşkil qiladi. 

Sultonovning ta'kidlaşiça, "Özbekneftgaz" Özbekistondagi yagona gaz operatori hisoblanadi va gazning qaysi yönaliş böyiça yetkazilişi texnik omil va ehtiyojlarga boğliqdir.