Nest kompaniyasi yangi gadjyet – dunyodagi ilk aqlli eşik qönğiroğini taqdim etdi. Nest Hello deb nomlangan bu gadjyet mikrofonli kamera, dinamik, ostonani yorituvçi çiroq va holatni körsatuvçi yoruğlik-diodli indikator bilan jihozlangan.

Qurilma 160 gradus burçak ostida 4:3 formatda HD-video yozadi. Kamera eşik yoniga kelgan odamni boşdan oyoq köra oladi.

Nest Hellöda yuzlarni tanuvçi Nest Cam IQ intellektual texnologiyasi qöllangan. Qönğiroq tanişlarni begonalardan ajrata oladi va bu haqda foydalanuvçiga xabar beradi.

Gadjyet avtojavobbergiç bilan jihozlangan: misol uçun qönğiroqni poçtaçi bosganda unga paketni eşik ostida qoldiriş taklif qilinadi.

Nap Time rejimi uyda uxlayotgan kiçik bolalarni bezovta qilmaslikka imkon beradi. Bola uxlayotgan vaqtda qönğiroq bosilsa, uning ovozi yangramaydi, biroq foydalanuvçi smartfoniga tegişli xabar keladi. Sightline funksiyasi esa eşik yoniga oxirgi bir neça kun içida kimlar kelganini körişga imkon beradi.

Hozirda innovatsion qönğiroq narxi ma'lum qilinmagan. Gadjyet savdoga keyingi yilning 1-çoragida çiqişi kutilmoqda.