AQŞning Ford kompaniyasi 2030 yilga qadar butun modellar qatorini elektr versiyaga aylantirişini ma'lum qildi.
Ford rejalarida 2020 yilda yuriş zaxirasi 480 km ga teng elektr krossover va 2030 yildan elektr privod va yonilğining muqobil turlarida işlovçi dvigatelli avtomobillarni ommaviy işlab çiqariş bor.

"Biz iqlim özgarişi insoniyat uçun jiddiy xavf tuğdiruvçi voqeligini bilamiz va biz issiqxona gazlarining global çiqarilişini kamaytiriş böyiça katta rejalar ustida butun dunyo yetakçilari bilan işlaşni davom ettiramiz. Şu bilan birga yangi dunyo – ongli avtomobillar va ongli muhit, karşering, multimodal harakatlaniş, dastur orqali çaqirtiriluvçi yönaliş taksilari dunyosiga kirişimiz evaziga atrof-muhitni saqlaşga uluşimizni qöşiş imkoni bor", deb aytgan kompaniyaning ijroçi direktori Bill Ford.

Modellar qatorini modifikatsiyalaşga yönaltiriladigan sarmoya miqdori 4,5 mlrd dollarni taşkil qiladi. Bu esa yaqin 5 yil içida 13 ta yangi elektr privodli modellarni işlab çiqarişni ta'minlaydi. Elektrlaştiriladigan modellar röyxati F-150 pikapining gibrid versiyasi, Mustang sport kupesi, Transit Custom plagin-gibrid, politsiya uçun ikkita gibrid modelni öz içiga olgan.
Bundan taşqari, 2021 yilda taksi xizmati va karşeringda qöllaş uçun gibrid privodli avtonom şattl (avtobus) çiqarilişi közda tutilgan.











