Özbekiston va Siemens Energy gaz dvigatellarini elektr dvigatellariga almaştiriş masalasida hamkorlik qilişi mumkin. Bu haqda energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov Özbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
AQŞning Honeywell kompaniyasi bilan yoqilği-energetika sohasida işlab çiqariş loyihalarini amalga oşiriş rejalaştirilgan. Sun’iy intellektni texnologik jarayonlar va sanoatga faol joriy etiş uçun Honeywell işçi guruhi seminar ham ötkazadi.
Energetika vazirligi Ustyurt mintaqasida burğilaş sohasida Schlumberger kompaniyasi bilan faol hamkorlik qilişni, jumladan zamonaviy usul va texnologiyalarni joriy etişni maqsad qilinganini aytib ötdi.
Şuningdek, turli xil gaz haydaş agregatlari, dvigatellar va kogeneratsiya qurilmalarini işlab çiqaradigan Caterpillar kompaniyasining şu’ba korxonasi Solar Turbines bilan ham hamkorlik yölga qöyilişi mumkin.
Mirzamahmudov ta’kidlaşiça, Siemens Energy bilan gaz uzatiş tizimini elektrlaştiriş va tabiiy gazdan foydalanadigan dvigatellarni elektr dvigatellariga almaştiriş imkoniyati körib çiqilyapti.












