Turkiyadagi futbol fanatlari dunyodagi eng qiziqqon fanatlar.
Ötgan haftada «Fenerbahçe» va «Beşiktoş» jamoalari örtasidagi derbi şafqatsiz derbilardan biriga aylandi. Öyin hakami mehmonlar darvozasi tomon ikki marta penalti belgiladi, 11ta sariq kartoçka va 5ta qizil kartoçka körsatildi. Uçraşuvda mezbonlar 2:1 hisobida ğalaba qozonişdi.

Mehmon jamoa sardori Öğuzxon Özyoqub burçakdan töpni amalga oşirayotgan vaqtda olingan surat esa internetda maşhurlaşdi. Uni bu vaziyatda qöriqçilar muhofaza etib turişdi.

Xuddi şunday holat 9 yil muqaddam, 2008 yilning 28 martida ham kuzatilgandi. Bu holatda tomonlar örin almaşgan, «Fenerbahçe» futbolçisi Aleks de Souza «Beşiktoş» stadionida qöriqçilar xizmatidan foydalangan holda burçak töpini tepgan, Aleks şu kuni ikki gol urib, jamoasining 2:1 hisobidagi ğalabasini ta'minlagandi.

2004 yil 19 sentabr. Yana «Beşiktoş» stadioni, ammo ikkinçi tomon boşqa. «Galatasaroy» yarim himoyaçisi Sabri Sariöğli jarima zarbasini bajarmoqda. Öşa öyinda hisob oçilmagan - 0:0.











