Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qiz ota-onasi Yevropada bo‘lganida, ularning yig‘ib qo‘ygan pullarini kiyim olishga sarflab yubordi
Angliyaning Chelmsford shahrida yashovchi 33 yoshli Melissa Hampxreys ota-onasining ishonchini suiiste'mol qilib, ularning barcha yig‘ib qo‘ygan pullarini turli narsalar sotib olishga sarfladi. Bu haqda Daily Mail yozmoqda.
Yevropaga sayohat paytida er-xotinlar o‘zlarining hisob raqamlaridan mablag‘ yechib ololmaganlar, hamda shundan so‘ng surishtiruvni boshlashga qaror qilishdi. Ma'lum bo‘lishicha, barcha pullarni ularning qizi yechib olgan bo‘lib, u bir nechta kredit kartalarini ham rasmiylashtirishga ulgurgan.
Melissa juma kuni Chelmsfordda bo‘lib o‘tgan sud majlisida 12 ta holat bo‘yicha firibgarlikda aybdor, deb topildi. Hukmni e'lon qilgan sudyaning aytishicha, qizning qurbonlariga o‘z ota-onasi aylangani jinoyatni faqat og‘irlashtiradi. Ma'lum bo‘lishicha, Melissa bir necha oy davomida ulardan pul o‘g‘irlagan, o‘marilgan mablag‘larning yakuniy miqdori qariyb 200 ming funt sterlingga yetgan.
Ayblanuvchining himoyasi psixologning tekshiruvini talab qilib, ota-ona qizlariga ruhiy jarohatlar yetkazgani va ko‘pincha unga e'tibor qaratishmaganini ma'lum qildi hamda bosim o‘tkazishga urinib ko‘rdi. Endi Melissa uy qamog‘ida, noyabr oyida u yana sudga keladi hamda bu ishda yakuniy qaror chiqariladi.
Mavzuga oid
21:19 / 16.05.2026
Abduqodir Husanov «Manchester Siti» bilan yana bir sovrinni qo‘lga kiritdi
14:58 / 28.04.2026
Bond omborlariga brend kiyimlar va poyabzallar joylashtirilmaydi, nega?
21:56 / 14.01.2026
Maykl Kerrik «Manchester Yunayted»ni mavsum oxirigacha boshqaradi
15:39 / 02.07.2025