Çempionlar ligasi guruh bosqiçi 2-turida Dortmundning «Borussiya» klubiga qarşi keçgan uçraşuv Kriştianu Ronaldu uçun Madrid klubi safidagi 400-öyin böldi.

«Real» safidagi yubiley öyinda Ronaldu ikkita gol urdi, yana bir gol Garet Beyl hisobiga yozildi va «Borussiya» 3:1 hisobida mağlub etildi. 32 yoşli portugaliyalik hujumçi 400 öyindan keyin gollari sonini 412taga yetkazdi. Klub tarixidagi eng yaxşi hujumçi jamoa uçun eng köp öyin ötkazgan xorijlik futbolçilar safida Roberto Karlos va Marselodan keyin uçinçi bölib turibdi.

«Real» uçun Ronaldu Ispaniya çempionatida 267 öyin, Çempionlar ligasida 90, Ispaniya Kubogida 30, Ispaniya Superkubogida 7, klublar örtasidagi jahon çempionatida 4 va UYeFA Superkubogida 2ta öyin ötkazgan.

Ronaldu «Real»ga 2009 yil yozida «Mançester Yunayted»dan ötgan, öşa yilning 29 avgustida «Deportivo»ga qarşi keçgan va 3:2 hisobidagi ğalaba bilan yakunlangan öyinda debyut qilgan. U Madrid klubi bilan 14 sovrin yutgan: 3 marta Çempionlar ligasi, 3 marta UYeFA Superkubogi, ikki marta klublar örtasidagi jahon çempionligi, ikki martadan Ispaniya çempionligi, Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogi. U 4 marta jahonning eng yaxşi futbolçisi deb tan olingan.