«Real» hujumçisi Kriştianu Ronaldu YeÇL doirasida Dortmundning «Borussiya» klubiga qarşi keçgan va 3:1 hisobidagi ğalaba bilan yakunlangan öyindan keyingi fikrlarini bildirib ötdi.

«Özimni şunday holatda his qilmoqdamanki, har bir uçraşuvda özimni körsatişim kerak. Muxlislarning men haqdagi fikrlari ğalati, statistika esa boşqa narsani körsatmoqda.

«Real» uçun yubiley öyin ötkazganimdan xursandman. Qança gol urganimning hisobini bilmayman. Bu haqda meni ğiybat qiladiganlar bahslaşaversin. Gol uriş uçun imkoniyat paydo bölganida, gol uryapman. Ammo futbolda ba'zan zarbalaringni darvozabon qaytaradi yoki töp tösinga borib tegadi.

Men professionalizm namunasiman, ammo tanqidçilarim köpaygandan köpayadi», — deya Ronalduning sözlarini keltirgan Atresmedia.

Ronaldu uçun «Borussiya»ga qarşi öyin Madrid klubi safidagi 400-öyin böldi. U bu öyinda ikki gol urdi va «Real» uçun urgan gollari sonini 412taga yetkazdi.