Özbekiston Respublikasi Içki işlar organlari vaqtinça saqlaş hibsxonalarining içki tartib qoidalari tasdiqlandi. Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) rasmiy saytida keltirilişiça, bu «Jinoyat işini yuritiş çoğida qamoqda saqlaş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq içki işlar vazirining maxsus buyruğida közda tutilgan.
Mazkur içki tartib qoidalarda vaqtinça saqlaş hibsxonalari (VŞ) huquqiga kiriş va undan çiqiş, vaqtinça saqlaş hibsxonalariga olib kelingan şaxslarni qabul qiliş va kameralarga joylaştiriş, VŞda şaxslarni şaxsiy tintuvdan ötkaziş, ularning barmoq izlarini oliş, şuningdek, aşyolari va oziq-ovqat mahsulotlarini közdan keçiriş, taqiqlangan aşyolar va oziq-ovqat mahsulotlarini olib qöyiş, vaqtinça saqlaş hibsxonalarida saqlanayotgan şaxslarning moddiy-maişiy hamda tibbiy-sanitariya ta'minoti, ularni mehnatga jalb etiş kabi muhim bandlar belgilangan.
Şuningdek, VŞda saqlanayotgan şaxslarga bir marta EKIHning 30 foizgaça bölgan summaga naqd pulsiz hisob-kitob orqali oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olişga, belgilangan oğirlikdagi bitta posilka (banderol) va 12 kilogrammgaça oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat 2ta yöqlov olişga ruxsat etiladi. VŞda saqlanayotgan homilador va bolali ayollar, voyaga yetmaganlar, şifokor xulosasiga köra davolanişga va kuçaytirilgan ovqatga muhtoj deb topilgan bemorlar, I va II guruh nogironlari uçun yöqlovlarning soni va oğirligi çeklanmaydi. VŞda saqlanayotgan şaxslarga bir vaqtning özida ikki nafar voyaga yetgan qarindoşi bilan 2 soatgaça bölgan bitta uçraşuvga ruxsat beriladi, ammo şaxsni tasdiqlovçi hujjati bölmagan yoki mast holatda kelgan şaxs bilan uçraşuvga yöl qöyilmaydi.
VŞda saqlanayotgan şaxslar tegişli şaroitlar mavjud bölganda VŞ hududida öz xohişlariga köra mehnatga jalb etilişi mumkin (iş haqi miqdori YaTS (yagona tarif setkasi) birinçi razryadidan kam bölmasligi lozim ). Ularni majburiy mehnatga jalb qiliş taqiqlanadi, kamerani tozalaş bundan mustasno.











