Turkmaniston poytaxti Aşxobod şahrida bölib ötgan Yopiq inşootlar va jang san'ati böyiça V Osiyo öyinlari öz nihoyasiga yetdi. Osiyo va Okeaniya mintaqasining 63 davlatidan 4 mingdan ziyod sportçi iştirok etgan turnir öta yuksak saviyada taşkil etildi.
Sportning 21 turi böyiça taşkil etilgan musobaqalarda vakillarimiz 131 ta medallarni qölga kiritişdi. Özbekiston sportçilari 24 ta oltin, 33 ta kumuş va 74 ta bronza medalni qölga kiritib, medallar soni böyiça ikkinçi, sifati böyiça beşinçi natijani qölga kiritişdi.
Birinçi örinni mezbonlar — Turkmaniston sportçilari 89 ta oltin, 70 ta kumuş va 86 ta bronza — jami 245 ta medal bilan egallaşdi. Bizdan oldingi örinlarda Xitoy (42+32+23=97), Eron (36+23+59=118), Qozoğiston (28+28+40=96) kabi Osiyo davlatlari borişmoqda.

Aşxoboddagi Olimpiya stadionida Yopiq inşootlar va jang san'ati böyiça V Osiyo öyinlari yopiliş marosimi bölib ötdi. U 20:17 da boşlandi va tört soat davom etdi. Marosimda nutq sözlagan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Bermuhammedev öyinlarni rasman yopiq deb e'lon qildi.






















