Porsche 911 modeli tarixidagi eng kuçli va ekstremal yangi avlod GT2 RS Nyurburgringning «Şimoliy aylana»sida seriyali avtomobillar orasida rekord örnatdi. Kupe trekni 6 daqiqa 47,3 soniyada bosib ötdi va Lamborghini Huracan Performante natijasini deyarli 5 soniyaga yaxşiladi.
Unda ikkita avtomobil iştirok etgan: zavod poygaçisi Nik Tendi va Porsche sinovçi haydovçisi Lars Kern boşqaruvidagi maşinalarni boşqarişgan. Ular “Lamborgini” natijasini birinçi urinişdayoq ortda qoldirişdi. Beş marta aylanib çiqişganidan söng, ikkala maşina ham 6 daqiqa 50 soniyadan köp natijani körsatmagan. Şunga qaramay, ikki haydovçidan Kern tezroq finişga keldi. U yölni örtaça soatiga 184,11 km tezlikda bosib ötgan.
Porsche GT2 RS modelining jahon taqdimoti «Gudvuddagi tezlik festivali»da bölib ötgan edi. Orqa ğildiraklari yetakçi bölgan sportkarni qarama-qarşi joylaştirilgan 3,8 l hajmli va 700 ot kuçiga ega «biturbooltilik» dvigatel bilan jihozlaşgan.
GT2 RS joyidan 100 km/s tezlikka 2,8 soniyada erişadi. Uning eng yuqori tezligi soatiga 340 kmni taşkil etadi.












