JD Power tadqiqotçilik kompaniyasi ekspertlari 2018 yilning eng yaxşi avtomobillari röyxatini tuzişdi.

Mutaxassislar millionga yaqin avtomobil egalari bergan ma'lumotlarni tahlil qilişgan. Tadqiqot 600 dan köproq avtomobil modelini qamrab olgan. Avtomobillar 100 ballik şkala böyiça baholangan. Bunda sifat, işonçlilik, dizayn, dinamik xususiyatlar, avtomobil egalari fikri va modellar taqdirlangan turli mukofotlar kabi mezonlar hisobga olingan.

Reytingga 13 avtomobil modeli kiritilgan. Eng yuqori bahoni Porsche 911 olgan.

2-örinni Hyundai Genesis G90 modeli 93 ball bilan, 3-örinni esa 92 ball bilan Mercedes-Benz S-Class modeli egallagan.

Röyxatga Porsçe’ning yana 3 modeli (Macan, 718 va Cayenne), Lincoln’ning 2 modeli (Continental va Navigator), Lexus’ning 2 modeli (RX va GS) kiritilgan. Şuningdek, reytingdan BMW 7 Series, Cadillac Escalade va Genesis G80 modellari joy olgan.