Yaponiyaning Aspark kompaniyasi Nyurburgring trekida elektromobillar uçun yangi rekord örnatişni rejalaştirmoqda. Kompaniya bunga özining işlanmasi – 2 soniyadan kamroq vaqt içida 100 km/soat tezlikka erişa oladigan Owl giperkari yordamida muvaffaq bölmoqçi.
Aspark Owl giperkari 2017 yil Frankfurtdagi avtosalonda ilk bor namoyiş qilingan. Balandligi 99 sm bölgan, ikki eşikli va 850 kg oğirlikka ega maşina umumiy quvvati 435 ot kuçi bölgan ikkita elektromotor bilan jihozlangan. Ularni quvvatlaş uçun nafaqat batareyalar, balki superkondensatorlar qöllangan.
Kompaniya bir yildan keyin maşinaga özgartirişlar kiritgan va uning seriyaoldi versiyasi umumiy quvvati 1166 ot kuçini taşkil qiluvçi 4 motorli kuç qurilmasi olgan. Giperkar Totigi prefekturasidagi poligondagi sinovlar vaqtida 0 dan 100 km/soat tezlikkaça 1,921 soniyada erişgan.
Hozirda Nyurburgringda elektromobillar uçun rekord natija Xitoyning Nio EP9 giperkariga tegişli. Uşbu maşina 1360 ot kuçini beruvçi 4 ta elektromotor bilan jihozlangan va 100 km/soat tezlikka 2,7 soniyada erişa oladi. Maşina Nyurburgringni 6 daqiqa 45,90 soniyada ötgan.
Volkswagen ham Nyurburgringda rekord örnatişni rejalaştirmoqda. Kompaniyaning taxminiça, uning I.D. R sportkari Niöning vaqtini yaxşilay oladi. Ayni vaqtda nemis kompaniyasi maşinaning aerodinamik detallarini takomillaştiriş ustida iş olib bormoqda.












