2016 yilgi “Formula-1” çempioni Niko Rosberg Germaniyadagi Nyurburgring trassasida dunyodagi eng tezyurar elektrokar hisoblanuvçi Volkswagen ID.R’ni sinovdan ötkazdi.
Rosbergning ta'kidlaşiça, u maşinaning tor kabinasiga ötirgaç, dastlab unda klaustrofobiyaga öxşaş his paydo bölgan, biroq masofani öta boşlagaç, özini “uydagidek” his qila boşlagan.
Poygaçining ta'kidlaşiça, Volkswagen ID.R “Formula-1” bolidi kabi tezkor emas, biroq yaxşi boşqariladi va katta bosiş kuçiga ega.
Volkswagen ID.R jami 680 ot kuçi beruvçi ikkita elektromotor bilan jihozlangan. Maşina oğirligi 1100 kg keladi. Avtomobil töliq quvvatlangan batareyalar, ideal asfalt va şamol yöq bölgan şaroitda joyidan 100 km/soat tezlikkaça 1,65 soniyada erişa oladi. Uşbu maşinada umumiy hisobda 5 ta tezlik rekordi örnatilgan.

Jumladan, unda poygaçi Diter Depping Germaniyadagi Blister Berg avtodromi uçun tezlik rekordini örnatgan: poygaçi 4,2 kmlik masofani 1 daqiqa 24 soniyada bosib ötgan.
Bundan taşqari, elektrokar AQŞdagi Payks-Pik toğiga çiqiş böyiça musobaqalarda rekord örnatgan. Şuningdek, maşinaga Nyurburgringni ötiş rekordi tegişli.











