2019 yilning eng katta daromad keltirgan avtomobili ma'lum qilindi. Bunday nomga 8-avloddagi Porsche 911 avtomobili sazovor böldi.
Uşbu model savdosi Porsche kompaniyasining umumiy savdosi hajmida 11 foizni taşkil qilgan bölsa-da, uning yillik daromadining 30 foizini keltirgan. Bunday nisbatdagi foyda 2018 yilda çiqarilgan boşqa har qaysi modelnikidan yuqoriroq bölgan.
Porsche 911 uşbu reytingda Ferrari F8 Tributo, Aston Martin DBX, Mercedes-Benz GLE va BMW X5 modellarini ortda qoldirgan. Uşbu modellarning barçasi savdolar hajmida egallagan uluşdan köproq daromad keltirgan.
Mutaxassislarning fikriça, Porsche bunday natijani katta miqdordagi opsiyalarni taklif qilişi va Xitoyda katta talabga ega bölgani sababli körsatgan.
“Porsche 911 standart versiyasida ham juda nafli, biroq siz unga opsiyalar va boşqa qöşimça qurilmalar qöşsangiz, naf yanada kattaroq böladi”, deb aytgan Bloomberg Intelligence tahlilçisi Maykl Din.
Ta'kidlanişiça, Porsçe’ning 2018 yilda dunyodagi savdo hajmi 3 foizga oşib, 256 255 ta avtomobilni taşkil qilgan bölsa, 911 modeliniki 10 foizga oşgan va 35573 ta avtomobilni taşkil qilgan.












