Şanxayning UVS Intelligence System kompaniyasi dunyodagi ilk uçuvçisiz amfibiya-samolyotni yaratdi. Kompaniya bu samolyotdan mahsulotlarni yetkaziş, orollar bilan aloqa qiliş va suv osti kemalarini topişda foydalanmoqçi, deb xabar bermoqda China Daily naşri.
U650 nomli bu samolyot Ispaniyaning Colyaer Freedom S100 öta yengil samolyoti negizida qurilgan. Bu samolyot uçun intellektual mulk huquqlari UVS tomondan sotib olingandi. Uglerod toladan yasalgan gidrosamolyotning uzunligi 5,85 metrni taşkil qiladi. U 15 soat davomida 180 km/soat tezlik bilan parvoz qilişga qodir va qönmay uçiş uzoqligi 2000 km ni taşkil qiladi. Dron qisqa tuproqli uçiş-qöniş yölakçalari va suvdan uçib-qöna oladi. Samolyot 250 kg yuk kötara oladi. 4 ta yuk, misol uçun şişadigan qutqariş sollari samolyot qanotlarida joylaştirilişi mumkin. Kompaniya vakillarining ta'kidlaşlariça, ularning samolyoti şunday turdagi fuqarolik samolyotlari orasida eng köp yuk kötara oladi va bu holat unga tijoriy muvaffaqiyat keltirişi mumkin.

Kompaniya rahbari Lyu Tsziandunning aytişiça, gidrosamolyot ommaviy tarzda işlab çiqarila boşlangan. Uning qöllanişi joriy yilda tezkor yetkazib beriş kompaniyasi va Janubi-şarqiy Osiyodagi mijoz tomondan boşlanadi. Lyu sir saqlaş maqsadida bu kompaniyalar nomini oşkor qilmagan, biroq ikkala şartnoma ham katta narxga egaligini aytgan. Kompaniya uşbu samolyotning asosiy xaridorlari sifatida Xitoy va butun dunyodagi kurerlik firmalarini körmoqda. Misol uçun, U650 Xitoyning odamlar ziç joylaşgan sohillarida foydali böladi. Bu yerda aviakompaniyalar köpligi sababli oddiy dronlarni uçiriş va qöndiriş uçun yetarliça joy yöq. Yangi gidrosamolyot past narxlarda kundalik yuk taşişlarni ta'minlab, Janubiy Xitoy dengizi orollari aholisi hayotini ança yengillaştirişi mumkin. Lyuning fikriça, bu samolyotni harbiylar ham qöllaşlari mumkin, çunki u radar, gidrolokator va raketalar taşişi yoki suv osti kemalarini topiş uçun sonarni şatakka olişi mumkin.












