«PSJ» hujumçisi Neymar Edinson Kavani bilan örtasida röy bergan mojaro haqidagi masalaga ilk marta munosabat bildirdi.

Uşbu ikki futbolçi Fransiya çempionati doirasida «Lion»ga qarşi keçgan uçraşuv vaqtida ziddiyatga kirişgandi.

Öşanda braziliyalik futbolçi Kavani bilan jarima zarbalarini amalga oşirişni talaşgandi, avvaliga jarima zarbasini Neymar Kavanini norozi qilgan holda ijro etdi, keyinroq Neymarni norozi qilgan holda Kavani penalti tepdi. Frantsuz naşrlari ikki futbolçi kiyim almaştiriş xonasida janjallaşib ketişiga bir baxya qolgani haqida yozdi.

«Jurnalistlar köp narsani öylab topişadi. Ular köpirtirib yozişadi. Ular özlari bilmagan narsalari haqida yozişmoqda.

Biz kiyim almaştiriş xonasida janjallaşganimiz haqida yozişibdi. Bu aslida umuman bölmagan.

Penaltimi? Biz buni hal qilib oldik», deya Neymarning sözlarini keltirgan Mundo Deportivo.