Rossiyaning Novosibirsk viloyati qonunçilik majlisi deputatlari birinçi öqişda uy hayvonlariga tungi vaqtda baland ovozda huriş, miyovlaş va vovillaşni taqiqladi. Bu haqda «Interfaks» agentligi xabar qilmoqda.
Qonun uy hayvonlari egalariga «tungi sokinlikni va fuqarolarning tinçini buzadigan va şovqin soladigan jonivorga nisbatan çora köriş» majburiyatini yuklaydi.
Deputat Yevgeniy Smişlyayevning aytişiça, bu qonun it va muşuk egalariga tegişlidir.
Şunga köra, uning qayd etişiça, «xurillaş, qiçqiriş (xöroz) va ğaqillaş mumkin».












