Osiyo taraqqiyot banki (OTB) 2017 yilga möljallangan Özbekistonda YaIM ösişi prognozini 0,2 foiz punktiga - 6,8 foizga tuşirdi. Bu haqda bankning «Osiyo rivojlanişining yangilangan tahlili - 2017» şarhida xabar berilgan.

Bankning prognozlariga köra, Özbekiston iqtisodiyoti 2018 yilda 7,3 foizga ösadi. Prognoz 0,2 foiz punktiga yaxşilandi.

Bank mutaxassislari ta'kidlaşlariça, Özbekistonda yalpi içki mahsulotning ösişi biroz zaifroq böladi, çunki iqtisodiyot sömning devalvatsiyasi va valyuta siyosatini erkinlaştirişga moslaşmoqda. OTB mutaxassislarining qöşimça qilişlariça, uşbu islohotlar 2018 yilda yalpi içki mahsulotning ösişiga olib keladi.

Şu bilan birga, OTB Özbekistonda 2017 yilda inflyatsiya darajasi böyiça öz prognozini 9,5% dan 11% ga va 2018 yilda esa 10% dan 12% gaça kötargan. Bankning ta'kidlaşiça, 2017 va 2018 yillarda narxlarning kötarilişi milliy valyuta kursining devalvatsiyasi bilan boğliq. 

OTB ma'lumotlariga köra, Özbekistonda joriy amaliyotlar hisobi qoldiği 2017 yilda YaIMdan 0,1 foizlik darajada (OTBning aprel prognozi – YaIMdan 0,2%) va 2018 yilda 0,5 foizlik (0,4%) darajada böladi.

Hisobotda ta'kidlanişiça, Özbekistonning davlat qarzi YaIMdan 15,1 foizni taşkil etadi.

«Osiyo taraqqiyoti tahlili» va «Osiyo taraqqiyotinining yangilangan tahlili» - bu OTBning  asosiy iqtisodiy naşrlari bölib, Osiyo va Tinç okean mintaqasidagi mamlakatlar uçun iqtisodiyot holati tahlili va prognozlarni öz içiga olgan.