Özbekiston Respublikasi Prezidenti «Özbekiston Respublikasining BMT va uning tuzilmalari, xalqaro moliya institutlari va boşqa taşkilotlar bilan hamkorligini yanada mustahkamlaş va rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorni imzoladi. Hujjat matni davlat rahbari saytida keltirilgan.

Özbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyasining Amerika Qöşma Ştatlariga 2017 yil 18-20 sentabr kunlari amalga oşirilgan taşrifi nafaqat mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim voqea böldi, balki Birlaşgan Millatlar Taşkiloti va uning ixtisoslaşgan muassasalari, xalqaro moliya institutlari hamda qator xorijiy davlatlar bilan özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş uçun mustahkam poydevor yaratdi.

BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasida qatnaşiş, şuningdek, BMT Boş kotibi va BMTning Inson huquqlari böyiça Oliy komissari bilan ötkazilgan uçraşuvlar xalqaro hamjamiyatni Özbekistonning yangi rivojlaniş strategiyasi va jamiyat, iqtisodiyot hamda taşqi siyosat böyiça yaqinda erişilgan keng kölamli islohotlari, mintaqaviy xavfsizlik va barqaror rivojlanişning dolzarb muammolarini hal qiliş uçun aniq takliflari hamda taşabbuslari haqida xabardor etiş imkonini berdi.

AQŞ hukumati va işbilarmon doiralari vakillari bilan ötkazilgan muvaffaqiyatli muzokaralar va uçraşuvlar özbek-amerika munosabatlarini strategik şeriklik ruhida yanada mustahkamlaş hamda kengaytiriş uçun yangi istiqbollarni belgilaşga imkon berdi.

Xalqaro valyuta jamğarmasi va Jahon banki rahbariyati bilan muzokaralarda uşbu xalqaro moliya institutlari bilan Özbekiston hamkorligining istiqbolli yönalişlari, iqtisodiyotni modernizatsiya qiliş va erkinlaştirişni, biznes hamda investitsiya muhitini yaxşilaşni ta'minlaşga qaratilgan ustuvor qöşma loyihalarni amalga oşiriş böyiça atrofliça fikr almaşildi. Bolgariya prezidenti R.Radev va Gruziya boş vaziri B.Kvirikaşvili bilan BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasi maydonlarida ötkazilgan ikki tomonlama uçraşuvlar bu mamlakatlar bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantiriş uçun yangi imkoniyat hamda istiqbollari belgilab berdi. 

Özbekiston Respublikasining Birlaşgan Millatlar Taşkiloti va uning tuzilmalari bilan munosabatlarini yanada mustahkamlaş, xalqaro moliya institutlari bilan aloqalarni kengaytiriş, Amerika Qöşma Ştatlari va boşqa mamlakatlar bilan köp qirrali hamkorlikni rivojlantiriş, qabul qilingan xalqaro majburiyatlarni qat'iy bajariş, Nyu-Yorkka taşrif davomida erişilgan kelişuvlarni öz vaqtida va sifatli amalga oşiriş maqsadida: BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasida bildirilgan Özbekiston Respublikasi taşabbuslarini ilgari suriş va BMTning Inson huquqlari böyiça Oliy komissari bilan muzokaralar yakuni böyiça erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş böyiça amaliy çora-tadbirlar rejasi («Yöl xaritasi»), va uni amalga oşiriş böyiça Muvofiqlaştiruvçi guruh tarkibi №1, 1a  ilovalarga muvofiq;