«Real» hujumçisi Kriştianu Ronaldu şartnomasini moliyaviy jihatdan yanada yaxşilaşni istamoqda. Bu haqda Marca xabar tarqatdi.

Xabarda aytilişiça, portugaliyalik futbolçi yiliga kamida 25 million yevro miqdoridagi maoş olişni istaydi. Şu bilan birga futbolçi klubga talab qöyayotgani yöq va u hamda klub örtasida tuşunmovçiliklar yuzaga kelmagan.

Ronaldu ötgan yilda şartnomasini 2021 yilgaça uzaytirgandi.

Lissabondagi Correio de Manha naşri tarqatgan xabarga köra, futbolçi ayni vaqtda Madrid klubida yiliga 23,7 million yevro oladi. Bu uning sof daromadi.

Bundan avvalgi xabarlarda Ronaldu hozirgi şartnomasi oxirgisidan oldingisi ekani haqida gapirgandi. U «Qirollik klubi»da 41 yoşigaça töp surişni istaşini ma'lum qilgan.