Osiyo kubogi uçun saralaş bosqiçi doirasidagi KXDR va Malayziya terma jamoalari örtasida 5 oktabr kuni Pxenyanda bölib ötişi lozim bölgan uçraşuv bekor qilinişi mumkin. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga köra, bunga Malayziya fuqarolari KXDRga kirişi taqiqlangani sabab bölişi mumkin.

Oldinroq, ikki mamlakat örtasidagi diplomatik aloqalar keskinlaşuvi natijasida mazkur uçraşuv belgilangan muddatidan bir neça marta ortga surilgandi. Avvaliga uçraşuv 8 iyunga köçirilgan, ammo Osiyo futbol konfederatsiyasi Malayziyaning uçraşuvni neytral maydonda ötkaziş böyiça iltimosini qondirmagandi. 

Ikki davlat örtasidagi munosabatlar yomonlaşuviga Kuala-Lumpur aeroportida KXDR rahbari Kim Çen Inning akasi Kim Çen Namning öldirib ketilişi sabab bölgandi.