Sirdaryo viloyatining Sirdaryo şahridagi savdo dökonlari qatorida 23 sentabr kuni yonğin yuz berdi. Bu haqda Özbekiston IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Özbekiston IIV matbuot xizmati

Şaharning Özbekiston köçasida joylaşgan savdo dökonlarida yonğin sodir bölgan. Tan jarohati olganlar yöq.

Foto: Özbekiston IIV matbuot xizmati

Yonğin oqibatida jami 9ta savdo dökonining 280 kvadrat metr maydonda tomi, şift qismi va jihozlari yongan.

Foto: Özbekiston IIV matbuot xizmati

«Yonğin holati yuzasidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilib, yonğin sababi aniqlanmoqda», — deyiladi vazirlik xabarida.