RM Sotheby’s auksion uyi Ferrari F2001 - Mixael Şumaxer 2001 yilda Monako va Vengriya  Grand Prisida ğalaba qozongan Formula-1 bolidini savdoga qöyadi. Uşbu ğalaba «Ferrari»ga «Konstruktorlar kubogi»da birinçi örinni, Şumaxerga esa -  Formula-1’dagi törtinçi jahon çempionligini keltirgandi. 

Ferrari F2001 900 ot kuçiga ega 3,0 litrli V10 atmosfera motori va yetti poğonali yarim avtomatik transmissiya bilan jihozlangan. Maşinaning oğirligi 600 kilogramm. Bolidni kamida tört million dollarga sotiş rejalaştirilmoqda.

Lotga berilgan ma'lumotda aytilişiça, 211 şassi raqamiga ega maşina töliq soz holda va poygalarda iştirok etişga tayyor. Bölajak xaridorga Ferrari kompaniyasi Maranellodagi texnik markazda avtomobilni saqlaş va unga texnik xizmat körsatiş, dunyoning istalgan nuqtasiga yetkaziş va öz texnik mutaxassislari hamda test-pilotlari jamoasini taklif etadi.

Foto: Motor.ru
Foto: Motor.ru
Foto: Motor.ru

Ferrari F2001 savdolarga qöyiladigan Nyu-Yorkdagi auksion italiyalik superkarlar işlab çiqaruvçisining 70 yillik yubileyiga bağişlangan. Sentyabr oyining boşida bölib ötgan kim oşdi savdosida kompaniya LaFerrari Aperta, Ferrari 250 GT LWB California Spider by Scaglietti’ning sönggi nusxasi va 40 yil garajda saqlangan dunyodagi yagona Ferrari 365 GTB/4 Daytona Berlinetta Alloy’ni sotib yubordi.