Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 iyundagi 405-son “Tibbiy faoliyatni litsenziyalaş tartibini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga muvofiq Soğliqni saqlaş vazirining buyruği (2017 yil 11 sentabr) bilan Tibbiy uskunaning ma'nan eskirganlik darajasini aniqlovçi mezonlar tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
 
Belgilanişiça, mulkçilik şaklidan qat'i nazar yangi taşkil etilayotgan yoki qayta jihozlanayotgan tibbiyot taşkilotlari faqat tibbiyot amaliyotida qöllanilişiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrida mavjud bölgan tibbiy uskunalar bilan jihozlanişi lozim.
 
Uşbu taşkilotlar yangi yaratilgan tibbiy uskunalardan ular davlat röyxatidan ötkazilgandan keyin foydalanişi mumkin.
 
Hujjatga köra, tibbiyot taşkilotlari uçun tibbiy uskunaning ma'nan eskirganlik darajasi uning işlab çiqarilgan yili orqali aniqlanadi. Tibbiy uskunaning texnik pasportida yoki yorliğida körsatilgan ekspluatatsiya muddati tugagandan keyin u ma'nan eskirgan hisoblanadi. Ekspluatatsiya muddati körsatilmagan hollarda, u işlab çiqarilgan sanasidan boşlab 15 yil ötgandan keyin ma'nan eskirgan hisoblanadi. Işlab çiqarilgan sanasi körsatilmagan bölsa, bunday tibbiy uskunalardan foydalaniş taqiqlanadi.
 
Tibbiyot taşkilotlari özlarida mavjud bölgan işlab çiqarilgan yili körsatilmagan hamda ma'nan eskirgan tibbiy uskunalarni 2023 yilning 1 yanvarigaça yangi uskunalarga almaştirişi lozim.
 
Yangi taşkil etilgan tibbiyot taşkilotlari ma'nan eskirgan tibbiy uskunalardan foydalanişi taqiqlanadi.
 
2017 yil 18 dekabrdan kuçga kiradi.