27 sentabr oqşomida Yevropa Çempionlar ligasida guruh bosqiçining 2-tur uçraşuvlari davom ettirildi. «PSJ» «Bavariya»ga 3ta gol urdi, Neymar va Kavani endi birgalikda jamoaga yordam keltira olişini namoyiş etişdi. «Tribuna» çorşanba oqşomidagi öyinlar şarhini taqdim etadi.
A guruhi
Moskvada TsSKA qurolsizlantirildi

Joze Mourino öyin oldidan ruslar jamoasi haqida iliq fikrlar bildirgan bölsada, bu jamoa 26-daqiqaga kelib 3 gol ötkazib bölgandi. Ikkinçi bölimda Mxitaryan törtinçi golni urdi, öyin oxirida Kuçayev birgina javob qaytardi - 1:4.
Öyinda ikki gol urgan Romelu Lukaku Igor Akinfeyevdan 2014 yilgi jahon çempionati uçun qasos olgani haqida gapirdi. Öşanda guruhda Rossiya va Belgiya öynagan, hujumçi gol ura olmagandi.
Endi «MYu» guruhda 6 oçko bilan yetakçilik qilmoqda, Moskva jamoasida 3 oçko mavjud.
«Benfika» uçun dahşatli keça

TsSKA va «Mançester Yunayted»ning raqiblari özaro bahsda ilk oçkolar uçun jangga çiqişdi. «Benfika» ötgan turda öz maydonida «armiyaçilar»ga yutqazgandi, «Bazel» esa «Old Trafford»ga safar qilib, yirik hisobda mağlub böldi (0:3). Statistika portugaliyaliklar ustunroq ekanini körsatardi, lissabonlik «burgutlar» hali Şveytsariyadan bölgan jamoalarga yutqazmagandi.
Lekin qaçondir birinçi mağlubiyat ham röy beradi. «Benfika»ni Bazelda dahşat kutmoqda edi, bu TsSKA uçun «Mançester Yunayted» tayyorlagan dahşatdan ham dahşatliroq bölib çiqdi. Ruy Vitoriya şogirdlari butunlay tor-mor etildi - 0:5. Jamoaning asosiy himoyaçilaridan biri Andre Almeyda qizil kartoçka oldi va keyingi öyinlarda yordam bera olmaydigan böldi. Portugaliyalik futbolçi öziga işlatilgan qöpollikka hakam e'tibor qaratmaganidan keyin ğazabga mindi va raqibining oyoğini uzib taşlaşiga bir baxya qoldi. Öyin qahramoni 19 yoşli Dimitri Oberlin böldi. U öz tuğilgan kunida dubl qayd etdi, şuningdek penalti işlab berdi.
























