Vazirlar Mahkamasining 14.09.2017 yildagi 724-son qarori bilan mikrogidroelektrostansiyalarni quriş böyiça tajriba loyihalarini amalga oşiriş nazarda tutilmoqda. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.

Jizzax, Namangan, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarining tabiiy va sun'iy suv oqimlarida mikroGESlar quriladi. Quriliş loyihalarini «Özbekgidroenergo» AJ va «Gidroloyiha» AJ bosqiçma-bosqiç işlab çiqadi. Ular quriladigan uçastkalarda daryolarning sersuvligi yoki kamsuvligi böyiça boşlanğiç ma'lumotlar «Özsuvloyixa» AJ tomonidan taqdim etiladi.

«Özbekgidroenergo» AJ öz mablağlari, xususiy investitsiyalar va bank kreditlari hisobiga tajriba loyihalarini amalga oşiriş bilan şuğullanadi. Investorlar loyihalarga tanlov asosida jalb qilinadi. «Özbekgidroenergo» AJ ularning işini muvofiqlaştiradi va zarur texnik yordamni körsatadi.

MikroGESlarni quriş va foydalaniş uçun zarur butlovçi buyumlar işlab çiqarilişi «Suvsanoatmaş» AJ bazasida mahalliylaştiriladi. Respublikada işlab çiqarilmaydigan, loyihalarni amalga oşiriş doirasida olib kelinadigan asbob-uskuna, xom aşyo va materiallar, butlovçi buyumlar, priborlar, ehtiyot qismlar, texnik hujjatlar bojxona tölovlaridan (bundan bojxona rasmiylaştiruvi uçun yiğimlar mustasno) ozod etiladi.

MikroGESlar yagona elektr energetika tizimi va elektr energiyasi iste'molçilarining tarmoqlariga blok-stansiyalar şartlarida ulanişlari mumkin.