Britaniyaning superkarlar işlab çiqaruvçi Aston Martin va Amerikaning Triton Submarines kompaniyalari qöşma loyiha — Project Neptune çuv ostiga çuqurligiga tuşuvçi apparatini namoyiş etişdi, deb xabar beradi Motor. Bu eng qimmatbaho, bir vaqtning özida eng imillagan Aston Martin hisoblanadi — uning maksimal tezligi soatiga 6,5 km, narxi esa 3,5 million dollardan oşiqroq.
«Project Neptune» Triton 1650/3 LP uç örindiqli ixçam va yengil submarina bazasida yasalgan. 30 kiloVatt*soat siğimli akkumulyator batareyasi bilan jihozlangan suv osti apparati 500 metr çuqurlikkaça şönğilişi va suv ostida 12 soat qolişi mumkin. Submarina iqlim nazorati tizimi va SO2 gazini yutiş qörilmasi bilan jihozlangan.


Ilgariroq, Monakoda bölib ötgan katerlar va yaxtalar körgazmasida Aston Martin yaratilişida Niderlandiyaning Quintessence Yachts kemasozlik kompaniyasi ham jalb qilingan «spidbot»ning ikkita modelini namoyiş etdi. AM37S katerining top versiyasiga umumiy quvvati 1054 ot kuçi bölgan ikkita Mercury Racing motori örnatilgan.












