3 iyul kuni Vestminster Universitetining majlislar zalida “Tadbirkor ayollarning boşqaruvçilik salohiyatini rivojlantiriş” mavzusidagi seminar treninglarning birinçi bosqiçi boşlandi.
Tadbir “Tadbirkor ayol” assotsiatsiyasi va Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Taşkiloti Toşkent byurosi hamkorligida taşkil etilib, Özbekistonda tadbirkor ayollar harakatini keng quloç yoydiriş, ularning faoliyatida biznes boşqaruvining zamonaviy modullarini qöllaş orqali işbilarmon ayollar rahbarligidagi işlab çiqariş korxonalari mahsuldorligini oşirişni öz oldiga maqsad qilgan.
Loyiha doirasida 150 nafar tadbirkor ayolga universitetning malakali mutaxassislari tomonidan boşqaruvçilik sir asrorlari örgatilib, ularning eng faol 20 nafariga Yevropaning yetuk işlab çiqariş korxonalarida malaka oşiriş va tajriba almaşiş imkoni beriladi. Zero, ayollarning bozor munosabatlarini şakllantiriş jarayonida iştirok etişi uçun qulay şaroitlar yaratiş, özaro işonç va işbilarmonlik muhitini mustahkamlaş, innovatsion ta'lim dasturlarini joriy etiş, qayta öqitiş va malakasini oşiriş yöli bilan ayollarning mehnat bozoridagi raqobatdoşligini oşiriş “Tadbirkor ayol” Özbekiston işbilarmon ayollari assotsiatsiyasining ustav vazifalari sirasiga kiradi. Şuning uçun ham turli taşkilotlar bilan hamkorlikda şu davrgaça 14 ming nafardan ortiq xotin-qizlar biznes asoslariga, 60 ming nafardan ziyodlari yangi kasbga öqitildi.

Seminar treninglar oçilişi marosimi YeXHT Toşkent byurosi vakillari, “Tadbirkor ayol” assotsiatsiyasi rahbariyati, Vestminster universiteti professor öqituvçilari va biznes ekspertlari, tadbirkor ayollar va ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirokida bölib ötdi.
Tadbirda sözga çiqqanlar zamonaviy texnologiyalar asosida xotin-qizlarning kasbiy malakasini oşiriş, ularni zamonaviy biznes öquv modullari bilan taniştiriş, Yevropaning yetuk kompaniyalarida stajirovkada bölib tajriba almaşişlari faoliyatlarida juda muhim ekanligi haqida söz yuritişdi.
Şu kuniyoq Vestminster universiteti biznes trenerlari rahbarligida 50 nafar tadbirkor ayol uçun bir haftalik öquv seminarlariga start berildi.












