Toşkent şahar hokimining örinbosari – xotin-qizlar qömitasi raisi Dilbar Najmutdinovaning şahar otinoylar bilan uçraşuvda ayollarning kiyiniş madaniyati masalalari qizğin muhokama qilindi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
“Yoşlarimizning moda ketidan kör-körona quvişlari va yangi çiqqan tor, oçiq, kalta liboslarni moda deya e'tirof etişlari va bu turdagi kiyimlar, albatta, kiyilişi kerak, deb fikrlaşlari ayni haqiqat. Bu kiyimlarning özbekona madaniyatimizga xos emasligini mahallalarda tuşuntirişda otinoylarning örni katta”, dedi D.Najmutdinova.
Şuningdek, davra suhbatida otinoylar uçun bir xil libos joriy etiş, tanlaş taklifi berildi. Bu taklifni barça bir ovozdan qöllab-quvvatladilar.











