AQŞ Federal aloqa komissiyasi odamlar favqulodda vaziyatlardan ogoh bölişi uçun Apple kompaniyasidan iPhone'da FM-modulni faollaştirişni talab qildi.
Xizmat rahbari Adjit Payning izoh berişiça, ayfon egalari Florida, Puerto-Riko va Texasidagi Xarvi, Irma yoki Mariya dovullaridan xabar topmay qolişi ham mumkin edi. Bloomberğda ta'kidlanişiça, Apple qurilmalari AQŞ smartfonlar bozorining 40 foizini egallaydi.
"Men Apple'dan iPhone'dagi FM-modullarni faollaştirişni sörayman. Kompaniyaning mas'uliyatni öz zimmasiga oladigan va Amerika xalqi xavfsizligini birinçi öringa qöyadigan vaqti keldi".
Adjit Pay, AQŞ Federal aloqa komissiyasi rahbari
Bir neça yildan beri smartfonlar işlab çiqaruvçilaridan modulni faollaştirişni talab qilib kelgan AQŞ Milliy televideniye assotsiatsiyasi (National Association of Broadcasters) ham mazkur talabni qöllab-quvvatladi. Motorola, LG va Samsung uning körsatmalariga quloq tutdi.
Apple'da Federal aloqa komissiyasining talabiga iPhone 7, iPhone 8 va iPhone X smartfonlarida radiomodullar yöqligi bilan javob berişdi. Radio muxlislari yangiliklar stansiyalarini Apple Music yoki watchOS 4.1'dagi "Radio" ilovasi orqali tinglaşlari mumkin.
Kompaniyaning ta'kidlaşiça, ayfon egalari favqulodda xizmatlarga töğridan-töğri bloklaş ekrani orqali murojaat qilişadi va favqulodda vaziyatlardan xabar topişadi. Apple'ning marketing böyiça katta prezidenti Filipp Şiller ham bu ma'lumotni tasdiqladi.
TechCrunch naşrida ma'lum qilinişiça, Apple eski modellaridan radioni olib taşlagan. iPhone 6 va iPhone 6S'da FM-modullar bölgan, biroq ular protsessorlarga kiritilib, antennalarga ulanmagan. Bundan çiqdi, agar AQŞ Apple'ni modullarni yoqişga majbur qilgan taqdirda ham, kompaniya bunday qila olmaydi.













