Xitoyning Çendu şahrida ötkazilayotgan tennis böyiça ATR tasnifidagi, mukofot jamğarmasi 1 028 885 AQŞ dollarini taşkil etgan turnirda Özbekistonning birinçi raqamli tennisçisi Denis Istomin final yöllanmasini qölga kiritdi.
Istomin bugun turnir yarim final uçraşuvini ötkazdi. Unda Denisga dunyoning 43 tartib raqamli raketkasi hisoblangan yaponiyalik Yuiçi Sugita raqiblik böldi.
1 soat-u 41 daqiqa davom etgan uçraşuvda Özbekistonlik tennisçi raqibini uç setda 6:2, 6:7 (tay-breykda 4:7), 6:0 hisoblarida mağlubiyatga uçratdi va final yöllanmasini qölga kiritdi.
Denis Istomonning finaldagi raqibi Markus Bagdatis (Kipr, ATR reytingida 113-örin) va Guido Pelya (Argentina, ATR reytingida 72-örin) örtasidagi bahsda aniqlanadi.












