Infiniti va Nissan kompaniyalarining katta vitse-prezidenti va dizayn böyiça direktori Alfonso Albaysa haşamatli yaxta loyihasini işlab çiqdi. Kema Motali nomini oldi va egilgan manzara oynalari bilan jihozlanadi. Uç palubali yaxtaning uzunligi 33 metrni taşkil qiladi. Yaxta dizayni 1950-yillar kemalari uslubida bajarilgan.

"Men yaxtaga bir vaqtning özida keskin va klassik köriniş berişga harakat qildim", deb tuşuntirdi öz ğoyasini dizayner.

Avtomobilsozlik kompaniyalari öz e'tiborlarini haşamatli yaxtalarga birinçi marta qaratişayotgani yöq. Avvalroq Lexus kompaniyasi Sport Yacht Concept kemasini taqdim qilgandi. Yaxta ikkita 5 litrli V8 benzin motori bilan jihozlangan. Bunday motorlar RC-F va LC 500 avtomobillarida örnatiladi. Yaxtaning umumiy quvvati 885 ot kuçini, maksimal tezligi soatiga 79 km ni taşkil qiladi. 

Sport Yacht Concept uzunligi 12,7 metrni taşkil qiladi. Uning korpusi karbon va kuçaytirilgan uglerod tolali plastikdan yasalgan. Buning evaziga kontsept oğirligini 1000 kg ga yengillaştirişga erişilgan. Yaxta 8 kişiga möljallangan.

Bugatti esa Niniette 66 sport yaxtasini yaratdi. Kema Palmer Johnson kompaniyasi bilan birgalikda qurilgan. Yaxta dizayni Chiron giperkari uslubida bajarilgan. Kema uzunligi 20 metrni, maksimal tezligi soatiga 82 km ni taşkil qiladi. Yaxta usti yiğiluvçi tom bilan jihozlangan, u yomon ob-havo şaroitida çiqarilişi mumkin. 

Niniette 66’ning içki bezagida karbon, çarm va emandan foydalanilgan. Yaxtada SPA, bar va hattoki gulxan yoqiş uçun maxsus joy közda tutilgan. Yaxta narxi 2 mln yevrodan köproqni taşkil qiladi. 

Foto: Infiniti