Yaponiyaning Infiniti kompaniyasi taşqi qiyofasi yangilangan QX80 yöltanlamasini namoyiş etdi. Model şu yilning bahorida Nyu York avtoşousida namoyiş qilingan QX80 Monograph kontsept-kari uslubida işlab çiqilgan. Seriyali avtomobil 14 noyabr kuni Dubayda ommaga namoyiş qilinadi. 

Foto: Infiniti QX80

Restaylingdan söng yöltanlamasning asosiy old yoritqiç çiroqlari özgaradi. Ular avvalgidan balandroq joylaşadi. Bundan taşqari orqa çiroqlar hamda yukxona şakli ham özgaradi. Radiator qafasi, bamperlar dizayni ham özgarmay qolmaydi. 

Albatta, salonda özgarişlar kam uçraydi. 

Foto: Infiniti QX80

QX80 5.6 l 405 ot kuçiga ega «sakkizlik» motor bilan çiqariladi. Uni 7 bosqiçli avtomatik transmissiyasi harakatga keltiradi. Maşina soatiga 100 km tezlikka 6,5 soniyada erişadi. Eng yuqori tezligi soatiga 210 kilometrni taşkil etadi.