Barçaga ma'lumki, mineral suv inson organizmi uçun foydali xususiyatlarga ega hisoblanadi. Ayrim insonlar gazli mineral suvlarni iste'mol qilişni xuş köradi. Şu örinda öz-özidan savollar tuğiladi: Biz gazli suv tanlovida adaşmaymizmi? Özbekistonda ham salomatlik uçun foydali bölgan tabiiy ma'danli suv mavjudmi?
Albatta, tabiiy manba orqali olingan suv odatiy içimlik suviga nisbatan özida barça şifobaxş xususiyatlarni saqlab qoladi. Özbekistonning Namangan viloyatida esa mana şunday foydali sifatlarga ega ma'danli suv işlab çiqarilmoqda.



Xöş, Chortoq mineral suvining afzallik jihati nimada? Gazli içimlik qayerda va qanday şaroitda işlab çiqariladi? Aynan şu savollarga batafsil javob oliş maqsadida KUN muxbiri bir guruh matbuot xodimlari bilan birga Namangan viloyatining Chortoq dam oliş hududiga taşrif buyurdi. Bu yerda jurnalistlar uçun maxsus press-tur taşkil etildi.



Sayohat davomida OAV xodimlari mutaxassislar tomonidan Chortoq mineral suvining inson organizmi uçun foydali xususiyatlari haqida bilib olişdi. Şuningdek, suvni şişa idişlarga quyiş, filtratsiya va zararsizlantiriş jarayonlariga guvoh bölişdi.

Aleksey Tudakov, “Chortoq Mineral Water” kompaniyasining rahbari:
“Biz mazkur şifobahş suvning tozalaş jarayonini har bir bosqiçiga katta e'tibor, mas'uliyat bilan qaraymiz. Ayni paytda idişning yangi dizayni yanada mukammal körinişga ega: u yaşil rangli va kuçli quyoş nurlari va boşqa taşqi salbiy ta'sirlardan himoyalangandir. Har bir xonadonning dasturxonida foydali xususiyatlarga boy bölgan Chortoq suvining turişini tavsiya qilaman. Zero, salomatlikni asraş – öz qölimizdadir.”




















