2015 yil 1 yanvargaça Rossiya qonunçiligiga köra vizasiz davlatlardan kelgan çet el fuqarolari RF hududiga kirgan vaqtdan boşlab bir yilgaça mamlakatda yaşaşlari mumkin edi, zero işga ruxsatnoma bir yil muddatga berilardi. Ruxsatnoma muddati tugagaç, migrant işdan böşab, RF hududini tark etişi lozim edi.

2015 yil 1 yanvarga qadar «Rossiya Federatsiyasidagi çet el fuqarolarining huquqiy holatlari haqida»gi 115-sonli Federal Qonunning 5-qism, 5-moddasida «Viza talab etilmaydigan mamlakatlardan Rossiya Federatsiyasiga kirib kelgan çet el fuqarosining işlaş (xizmat körsatiş) uçun imzolagan mehnat şartnomasi yoki fuqaroviy-huquqiy şartnomasi hamda işlaş uçun ruxsatnomasi muddati çet ellik fuqarosining Rossiya Federatsiyasiga kirib kelgan kunidan boşlab bir yildan oşmasligi lozim», deb körsatilgan.

Aksariyat odamlar hanuzgaça öşa talabni yodda tutgan holda RFga kirib kelgan kundan boşlab bir yil muddatda mamlakatni tark etişga harakat qiladi. Vaholanki, ayni paytda bunday talablar yöq.

Bugungi kunda agar çet el fuqarosi patent rasmiylaştirib, unga tegişli tölovlarni öz vaqtida amalga oşirib borsa, u holda patent muddati tugagunga qadar uning vaqtinça yaşaş muddati ham uzaytirilib boriladi. Biroq, navbatdagi avans tölovi fuqaroni yaşaş joyidan registratsiyadan ötiş vazifasidan ozod etmaydi. Masalan, patent tölovi bir oyga amalga oşirilgan, demak, yaşaş joyidagi «uçyot»ni ham bir oyga uzaytiriş lozim.

115-sonli FQga köra, vizasiz rejim asosida RF hududiga kirib kelgan çet el fuqarosining yaşaş muddati 90 kundan oşmasligi lozim. Qonunda, şuningdek, mazkur muddatni uzaytiriş imkoni ham körsatilgan.

Unga köra, yaşaş muddati çet el fuqarosiga berilgan patent muddatiga muvofiqlaştirilgan. Ya'ni, RFga kirib kelgan çet el fuqarosining yaşaş muddati unga patent berilişi orqali uzaytiriladi. Şuning uçun patent muddati yoki uning qayta rasmiylaştirişi avtomatik tarzda çet el fuqarosining RF hududida yaşaş muddatini uzaytiradi.

Agar patent uçun tölov ötkazgan bölsangiz va patent muddati tugamagan bölsa, siz migratsiya «uçyoti» (registratsiya) ni patent muddati tugagunga qadar uzaytirişingiz mumkin. Ya'ni, endi RF hududiga kirgan vaqtingizga bir yil tölgandan söng mamlakatni tark etişingizga hojat qolmaydi.

Botirjon Şermatov,