Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 sentabrdagi PQ-3301 qarori bilan 2017–2019 yillarda Navoiy viloyatining Tomdi, Uçquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafşon şahrida kafolatlangan iş örinlari yaratiş va yöl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar Dasturi qabul qilindi.

Körsatib ötilgan tumanlarda yangi işlab çiqariş quvvatlari yaratiş, qişloq xöjaligi va çorvaçilik sohalarini, şuningdek xizmat körsatiş va ekoturizm sohasini rivojlantiriş rejalaştirilmoqda. Alohida hududlarning band bölmagan aholisi hunar va boşqa kasblarga örgatiladi, ularning malakasi oşiriladi.

Maxsus fond taşkil etildi

Çora-tadbirlar dasturini moliyalaştiriş uçun Navoiy viloyat hokimligida maxsus fond tuziladi va u quyidagilar hisobiga şakllantiriladi:

- «Navoiy toğ-metallurgiya kombinati» DKning har yili ajratadigan mablağlari hisobiga;

- xalqaro moliya institutlari va boşqa xorijiy donorlarning imtiyozli kreditlari (qarzlari) hisobiga;

- yuridik va jismoniy şaxslarning xayriya mablağlari evaziga;

- taqiqlanmagan boşqa moliyalaştiriş manbalari hisobiga.

Imtiyozlar taqdim etilmoqda

2017 yilning 1 oktabridan 2028 yilning 1 oktabriga qadar Tomdi, Uçquduq, Konimex tumanlari, Nurota tumanining Duhibaland, Sentob, Temirqovuq, Qizilça, Ğum va Çuya aholi punktlari hamda Zarafşon şahri quyidagilardan ozod qilinadi:

- sanoat va xizmat körsatiş sohasida (savdo va avtomobillarga gaz qöyiş xizmatidan taşqari) yangi tuzilgan tadbirkorlik sub'yektlari davlat maqsadli fondlariga barça turdagi soliqlar va majburiy tölovlardan;

- çorvaçilik va tuyalik mahsulotlarini qayta işlaş sohasida faoliyat körsatayotgan fermer xöjaliklari va tadbirkorlik sub'yektlari — yagona ijtimoiy tölovlardan:

- uşbu hududlarda röyxatga olingan va faoliyat körsatayotgan xususiy tadbirkorlar — belgilab qöyilgan soliqlardan;

- uşbu hududlarda röyxatga olingan va faoliyat körsatayotgan yuridik şaxslar olgan dividendidan foyda (daromad) soliğidan.