27 sentabr kuni Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda qölga olingan yozuvçi Nurullo Otaxonov ozodlikka çiqarildi. Bu haqda uning öğli Fayzullaxon Otaxonov ijtimoiy tarmoqdagi sahifa orqali xabar bergan.
«Yaşnobod tuman Içki işlar bölimi boşliği özining xizmat moşinasida Toşturmadan çiqarib eşigimiz tagiga qöyib ketgan», deyiladi uning xabarida.
Toşkent şahar IIBB boşliği örinbosari Doniyor Toşxöjayevning Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, Nurullo Otaxonovning terrorizmga aloqadorligi töğrisidagi gumon tasdiqlanmagan, şuningdek, unga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi bekor qilindi. Ammo, unga nisbatan 2017 yil 11 may kuni Yaşnobod tumani IIB tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasi 1-qismi («Özbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qiliş») hamda 244-1 moddasi, 3-qismi, «g» bandi («Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soluvçi materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş, ommaviy axborot vositalari yoki telekommunikatsiya tarmoqlaridan, şuningdek, internet jahon axborot tarmoğidan foydalanib sodir etiş») böyiça qözğatilgan jinoyat işi yuzasidan dastlabki tergov işlari davom etadi.
Eslatib ötamiz, 27 sentabr kuni Istanbuldan Toşkentga kelgan, Nurulloh Muhammad Raufxon taxallusi bilan ijod qiladigan yozuvçi Nurullo Otaxonov Islom Karimov xalqaro aeroportida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qölga olingandi.
Undan avvalroq u öz şaxsiy sahifasida prezident Şavkat Mirziyoyevga murojaatini e'lon qilgan.
Nurullo Otaxonov Farğona viloyati Özbekiston tumanidagi Oyimça Qaqir qişloğida tuğilgan. Toşkent Davlat universitetining özbek filologiyasi bölimini tamomlagan. «Yöl boşida» «Dunyo keng», «Şu yerlik kişi» kabi qissa va hikoyalar töplamlarini naşr qildirgan.
Uning sevgi mavzusidagi «Oq bino oqşomlari» hikoyasi «Şarq yulduzi» jurnalida çop etilgaç, «Yilning eng yaxşi hikoyasi» deb topilgan edi.
Uşbu hikoya asosida «Oq bino oqşomlari» badiiy filmi suratga olingan. Yozuvçi turk, gurji, xitoy va rus adabiyotidan bir qator asarlar tarjima qilgan. Ëzuvchi keyingi 25 yil mobaynida «Yoşlik» (Bölim mudiri), «Muştum» (Mas'ul kotib), «Şarq yulduzi» (Bölim mudiri), «Hidoyat» (Boş muharrir) kabi turli jurnallarda hamda «Movarounnahr» naşriyotida (Boş direktor) işlab kelgan.
2013 yil oxirida oçiq aytilmagan sabablarga köra, «Movarounnahr» naşriyoti Boş direktorligi hamda «Hidoyat» jurnali Boş muharrirligidan böşatilgan.










