Toşkent şahar içki işlar boş boşqarmasi 27 sentabr kuni Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda yozuvçi Nurullo Otaxonov qölga olinişiga izoh berdi.

Toşkent ŞIIBB boşliği örinbosari Doniyor Toşxöjayev Otaxonovning uşlanişiga nima sabab bölgani haqida savol bergan Kun.uz muxbiriga quyidagiça javob qaytardi:

“Nurullo Otaxanov xususida şuni aytişim mumkinki, u yozgan kitoblar va çiqişlari örganilib, ekspertiza xulosalari olinganidan söng, unga nisbatan 2017 yil 11 may kuni Yaşnobod tumani IIB tomonidan Özbekiston Respublikasi JK 159-moddasi 1-qismi, ya'ni Özbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qiliş alomatlari bilan jinoiy iş qözğatilgan. Dastlabki suriştiruv işlari natijasida 244-1 moddasi, 3-qismi “g” bandi, ya'ni jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soluvçi materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş, ommaviy axborot vositalari yoki telekommunikatsiya tarmoqlaridan, şuningdek, internet-jahon axborot tarmoğidan foydalanib sodir etilişi alomatlari bilan sirtdan ayb e'lon qilib, qidiruvga berilgan edi. Şu munosabat bilan, u Toşkent xalqaro aeroportiga kirib kelganida uşlanib, unga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilgan”.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Toşxöjayevning aytişiça, ijtimoiy tarmoqlarda Otaxonov keçirim söragani, murojaat qilgani va uşbu voqea bilan boğliq boşqa jihatlari muhokama bölmoqda. Uning qayd etişiça, boşqa taşkilotlar yoki vakolatli davlat organlaridan uning afv etilgani haqida ma'lumotnoma kelib tuşmagani bois, içki işlar idoralari jinoyat-protsessual kodeks talablaridan kelib çiqqan holda öz vakolatlari doirasida tergov işlarini olib bormoqda. 

Eslatib ötamiz, kuni keça 27 sentabr tongida Istanbuldan Toşkentga qöngan taniqli adib Nurulloh Muhammad Raufxon – Nurollo Otaxonov Islom Karimov xalqaro aeroportida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan hibsga olingani ijtimoiy tarmoqlarni larzaga keltirdi.

Undan avvalroq u öz şaxsiy sahifasida Prezident Şavkat Mirziyoyevga murojaatini e'lon qilgan edi. 

Nurullo Otaxonov Farğona viloyati Özbekiston tumanidagi Oyimça Qaqir qişloğida tuğilgan. Toşkent Davlat universitetining özbek filologiyasi bölimini tamomlagan. «Yöl boşida» «Dunyo keng», «Şu yerlik kişi» kabi qissa va hikoyalar töplamlari orqali elga tanilgan.