«Barselona» jamoasi himoyaçisi Jyerar Pike siyosiy vaziyat şuni taqozo etsa, Ispaniya terma jamoasidan ketişga tayyor.
Uşbu 30 yoşli futbolçining vatani hisoblanadigan Kataloniyada 1 oktabr kuni Ispaniyadan alohida ajralib çiqiş uçun referendum ötkazildi. Ispaniya hukumati bu referendumni qonuniy emas, deb topdi va politsiya hamda fuqarolik gvardiyasini saylov uçastkalarini yopişga yubordi. Natijada politsiyaçilar va tinç aholi vakillari örtasida töqnaşuvlar röy berdi.
«Frankizm yillarida bizda öz fikrimizni aytiş uçun imkon bölmagan. Men katalonman, kataloniyalikligimdan faxrlanaman. Bilaman, Ispaniya poytaxtida bizning demokratiya uçun intilişlarimizni qoralovçi kişilar topiladi.
Agar terma jamoa murabbiyi yoki futbol federatsiyadagi boşqa kimdir meni milliy terma jamoada muammolar tuğdirişi mumkin deb hisoblasa, men ularga 2018 yilgi jahon çempionatidan oldin muammo tuğdirmaslik uçun terma jamoadan ketişim mumkin», – degan Pike töğridan-töğri efir vaqtida köziga yoş olib.
Ispaniya terma jamoasi murabbiyi hozirda Xulen Lopetegi hisoblanadi.












