Hozirça qutqaruv işlari töxtatildi, lekin biror bir ma'lumot payda bölişi bilan hukumat işlarni qaytadan boşlaşga tayyor, deb xabar beradi TASS.

2014 yili Malayziyaning Hind okeanida ğoyib bölgan Boeing 777-200 avialaynerini qidiruv işlari muvaffaqiyatsiz tugadi, lekin endi avvalgidan köra yuqoriroq ehtimol bilan u ğarq bölgan joy aniqlaştirilgan. Avstraliya transportda xavfsizlik byurosi (ATXB) xodimlari tomonidan seşanba kuni uç yildan ortiq davom etgan işlarning yakuni haqida e'lon qilgan hisobotida şunday ta'kidlanadi.

«Qidiruv işlariga jalb qilingan butun jahondagi yuzlab insonlarning ulkan sa'y-harakatlariga qaramasdan samolyot baribir topilmadi, — deyişgan hujjat tuzuvçilar. — Biroq ekspertlar uning aynan qayerda ekanligini bugungi kunda avvalgidan yaxşiroq tuşunib turişibdi».

Deyarli uç yil davom etgan qidiruv işlarida Avstraliyadan ğarb tomonda joylaşgan okeanning 120 ming kv.km.dan ortiq ulkan hududi tadqiq etib çiqildi, biroq yöqolgan havo kemasining biror izi topilmadi. Işlar şu yilning yanvarida töxtatildi. Biroq Xitoy, Malayziya va Avstraliya transport vazirlari «samolyotning aniq joyini aniqlaşga kömak beradigan yangi va işonçli ma'lumot paydo bölişi bilan» qutqaruv işlari yangilanişini ma'lum qilişgan.

ATXB hisoboti mualliflari «toki samolyot topilmas ekan, MH370ning yöqoliş sabablari oydinlaşmasligi»ni tan olişgan. Şu sababli, «MH370ga doir fakt va (yöqolişga oid) sabablar böyiça suriştiruvni Malayziya hukumati davom ettirişi»ni ta'kidlab ötişgan.