Bugun Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Respublikamizda köp qavatli uy-joylar, ijtimoiy soha obektlarining kuz-qiş mavsumiga tayyorgarligi, içimlik suvi, issiqlik, elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz ta'minoti hamda kömir yetkazib beriş, maişiy çiqindilarni çiqariş, sanitar tozalaş işlarining borişi yuzasidan ayni yönalişda tuzilgan işçi guruh a'zolarini qabul qildi. Bu haqda Prezidentning Facebook’dagi rasmiy sahifasida ma'lum qilingan.

ÖzAning yozişiça, yiğilişda Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosarlari, tegişli vazirlik va idoralar rahbarlari iştirok etdi.

Yiğilişda aholiga uy-joy kommunal xizmatlari körsatişni tubdan yaxşilaş, uy-joy fondi va ijtimoiy obektlardan foydalaniş tizimini yanada takomillaştiriş, xususiy uy-joy mulkdorlari şirkatlarining iş sifatini yuksaltiriş va moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta'minlaş borasida amalga oşirilayotgan işlarning borişi körib çiqildi.

Prezidentimiz odamlarning kundalik hayoti, farovonligi, salomatligi va kayfiyatiga bevosita daxldor bu masalalarga doimiy e'tibor qaratib kelmoqda. Şu maqsadda davlatimiz rahbarining 2017 yil 18 apreldagi «Uy-joy kommunal xizmat körsatiş tizimini boşqarişni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoniga muvofiq Özbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi tuzildi. Ötgan davrda vazirlik tomonidan köp xonadonli uy-joy fondini saqlaş va ta'mirlaş, xususiy uy-joy mulkdorlari şirkatlari faoliyatini muvofiqlaştiriş, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini ekspluatatsiya qiliş borasida muayyan işlar amalga oşirildi.

Davlatimiz rahbarining topşiriğiga muvofiq mutasaddi vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ikkita maxsus işçi guruh tuzildi. 1-işçi guruh tomonidan Andijon, Farğona, Namangan, Jizzax, Sirdaryo, Toşkent viloyatlari va Toşkent şahrida, 2-işçi guruh tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Qaşqadaryo viloyatlaridagi holat örganildi. 18 iyuldan 30 sentabrgaça davom etgan örganişlarda sohadagi muammolarni bartaraf etiş böyiça belgilangan çora-tadbirlarning har bir şahar va tumanda bajarilişi tahlil qilindi. Asosiy e'tibor köp qavatli uy-joy fondi, ijtimoiy soha obektlari, içimlik suvi, elektr energiyasi, issiqlik, tabiiy va suyultirilgan gaz ta'minoti, kömir yetkazib beriş, sanitar tozalaş kabi masalalarga qaratildi. Joylarda aholi, mahalla faollari, ta'lim va soğliqni saqlaş muassasalari vakillari bilan uçraşuvlar ötkazilib, ularning talab va takliflari inobatga olindi.