Şvetsiyaning Telia Company telekommunikatsiya holdingi rossiyalik milliarder Alişer Usmonovning USM Holdings kompaniyasi nazorat qiladigan aloqa operatori «Megafon»dagi aksiyalarini sotdi. Kompaniya matbuot xizmati xabariga köra, 6,2 foizlik uluş (38,5 million aksiya) 392,7 million dollarga sotilgan. Bir aksiya 585 rublga baholangan (22,522 mlrd rubl).
«Telia ''Megafon''dagi aksiyalarining 6 foizdan ortiq qismini taxminan 3,2 mlrd şved kronasiga (391,7 mln dollar) sotdi», — deyilgan Telia bayonotida.
«Interfaks» xabariga köra, bu kelişuvda bir aksiya bahosi Moskva birjasida duşanba kungi baholardan 8,45 foizga arzon böldi. Duşanba kungi savdolarda «Megafon»ning bir dona aksiyasi 639 rublga baholangandi.
USM Holdings Rossiyadagi yirik aloqa operatorlaridan biri — «Megafon»ning nazorat qiluvçi aksiyadorlaridan biridir (56,32 foiz); Telia ham mazkur operator egalaridan biri sanalardi (25,17 foizlik uluş). Endi şved kompaniyasining uluşi 19,5 foizga tuşdi.
Telia 2015 yil oxirida «Yevrosiyo» makrohududidagi öz aktivlarini sotişini e'lon qilgan edi. Bu makrohudud MDHdan taşqari Gruziya va Nepalni ham öz içiga olgan. Hozirga qadar Nepal va Tojikistondagi aktivlar sotib bölingan.
Telia Özbekistondagi pora işi böyiça qariyb 1 mlrd. dollar tölaydi
Ötgan haftada Alişer Usmonovning USM Holdings kompaniyasi Şvetsiyaning Telia şirkati bilan Özbekistonda Ucell savdo belgisi ostida xizmat körsatuvçi Coscom mobil aloqa operatorini sotib oliş yuzasidan muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berilgandi.
Ma'lumot uçun, Ucell abonentlar soni böyiça Özbekistonda ikkinçi örinda turuvçi aloqa operatori sanaladi. 2016 yilning sönggiga qadar bölgan ma'lumotlarga köra, kompaniya 9 milliondan ortiq abonentga xizmat körsatadi.











