Anqara Eronga nisbatan joriy etilayotgan sanksiyalarga qarşi çiqadi, degan Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlut Çavuşöğli seşanba kuni. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

«Biz Eronni u nohaq bölganda tanqid qilamiz va qaçonki haq bölsa, uni qöllab-quvvatlaymiz. Sanktsiyalar siyosati — bu töğri iş emas. Qaysidir mamlakatlarga yoqmagani uçun, uni jazolaş uçun Eronni burçakka qamaş — falokatli xato. Eron biz uçun duşmanmi? Aslo!», — degan Çavuşöğli Anadolu agentligiga bergan intervyusida.

Eron va xalqaro vositaçilar «oltiligi» 2015 yilning 14 iyulida Eron atomi bilan boğliq köp yillik muammoni tartibga soliş böyiça tarixiy bitimga kelişişgan edi. Öşanda umumqamrovli qöşma harakatlar rejasi qabul qilingan va uning bajarilişi BMT XK, AQŞ va Yevropa ittifoqi tomonidan Eronga nisbatan ilgari joriy etilgan iqtisodiy va moliyaviy sanksiyalar yeçilişini taqozo etardi. Reja 2016 yilning 16 yanvaridan kuçga kirgan edi.

AQŞ prezidenti Donald Tramp ilgari bir neça bor uşbu kelişuvdan çiqişini ta'kidlab ötgan, qolgan barça qatnaşuvçilar bitim şartlariga rioya qilişlarini bildirişgan.