Farğonaning «Neftçi» klubi boş murabbiyi Vadim Abramov JÇ-2018ga çiqiş vazifasi barbod bölgani uçun muxlislardan uzr söradi.

«Futbolçilarimiz va mutasaddilar muxlislar işonçini oqlay olişmadi. Men tuşunaman, Özbekiston milliy terma jamoasi Jahon çempionatiga çiqa olmagani odamlarning umidini çippakka çiqardi. Boz ustiga u Rossiyada bölib ötadi. Agar çiqqanimizda bu terma jamoamizni jahon çempionatida köriş uçun duoda bölgan özbek futbol muxlislarimiz uçun ulkan bayram bölardi. Yonginamizdagi Rossiyaga kelib, öz terma jamoasiga muxlislik qiliş qanday mazza?!

Afsuski buni uddalay olmadik. Men barça futbolçilar va mutaxassislar nomidan muxlislarimiz oldida uzr sörayman. Kelgusida ularning umid va işonçlarini çippakka çiqarmaslik uçun qölimizdan kelgan barça narsani qilamiz. Çunki futbolni ular uçun öynaymiz. 

Işoning, kelişilgan öyinlar va hokazolar futbolimizda juda kam. Muxlislarimizdan har xil gaplarga işonmasliklarini sörar edim. Modomiki, şunday holatlar yuz berganida ham u oçiq-ravşan körinib turadi va barça xabar topadi.

Şu sababli, men yana bir marta uzr sörab, kelgusida ularning işonçini oqlaş uçun harakat qilişimizni aytib ötmoqçiman. Hozir futbolimizga yangi rahbariyat keldi, menimça, ular ham futbolimizni yuksaltiriş uçun ma'lum sa'y-harakatlarni amalga oşirişadi. Muxlislarimiz köproq quvonib, futboldan bahra olişlari uçun harakat qilamiz. Hali hammasi yaxşi böladi», deya gapirib ötdi Abramov «Oriat Dono» radiosining «Futbol plyus» dasturida.