Özbekistonlik futbol jurnalisti, OFK sobiq xodimi Alişer Nikimbayev «Feysbuk»dagi sahifasida bundan uç yil oldingi parvozini yodga oldi.
«Bundan uç yil muqaddam öşa vaqtlardagi Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi Mirjalol Qosimov va Bora Milutinoviç uçraşuvini taşkillaştiriş uçun Abu-Dabidan Dohaga uçib borgandim.
Bora Özbekiston terma jamoasida maslahatçi-murabbiy bölib işlaşga tayyor turgandi, biroq kelişuv men, Qosimov yoki Boraga aloqador bölmagan sabablar tufayli amalga oşmay qolgandi.
Aytgança, Dohadan Abu-Dabiga qaytiş uçun çiptani öz hisobimdan sotib olgandim. Bu oxirgi yillarda özbek futbolida kim va qanday işlagani haqida kiçik bir asos edi», - deb yozgan Nikimbayev.
Eslatib ötamiz, 2014 yilning noyabr oylarida Bora Milutinoviç Özbekiston terma jamoasi maslahatçi murabbiyi bölişi haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo keyinroq ÖFF rasmiy sayti öşa vaqtda mavjud bölgan terma jamoalar markazi bergan ma'lumotga tayanib serbiyalik mutaxassis Bora Milutinoviç Özbekiston milliy terma jamoasiga maslaxatçi murabbiy sifatida taklif etilgani va u bilan 2 oyga şartnoma tuzilgani haqida matbuotda paydo bölgan xabarlarni rad etgandi.

«Terma jamoalar markazi boş direktori Asqar Tolibjonovga köra, Militunoviç bilan şartnoma imzolaş rejada yöq. Terma jamoalar markazi direktorining aytişiça, serbiyalik murabbiy Bora Milutinoviç öz xohişiga köra Özbekiston Kubogi final uçraşuvini köriş uçun Toşkentga kelgan», deb yozgandi ÖFF rasmiy sayti.












