«Troyka» kartasi funksiyalariga ega taqinçoq oktabr oyida savdoga çiqariladi. Uzuk yordamida yer usti transportida ham yöl haqi tölaş mumkin böladi, deb yozadi RBK.

Foto: Moskva metropoliteni matbuot xizmati
Yaqin kunlarda Moskva metrosining barça yölovçilari yöl haqi tölaş uçun «Troyka» kartasi funksiyalariga ega bölgan uzuk şaklidagi maxsus gadjyetlardan foydalaniş imkoniga ega bölişadi, degan RBKga metropoliten matbuot xizmatidagilar.
«Barmoqqa taqiluvçi uzuk şaklidagi yöl haqi tölaş uçun transport yeçimi jahonda birinçi marta amalga oşirilmoqda. Bunday uzuk yordamida «Troyka» kartasi kabi yöl haqini «Troyka» tölov kartasi qabul qilinadigan istalgan joyda: metroda, yer usti transporti, Moskva markaziy halqasi va boşqa joylarda tölov qiliş mumkin», — degan metropoliten vakili.
Oktyabr oyining söngiga qadar uzuklar Moskva metropolitenining suvenir köşklari va dökonlarida paydo bölişi kerak.
Metropoliten vakili 2017 yilning 10 sentabrida «Lujniki» stansiyasida Moskva markaziy halqasining taşkil topgan kunida turmuş qurgan yoş kelin-kuyovlarga ana şunday uzuklar jufti topşirilganini eslatib ötdi.











