Kataloniya generaliteti (hukumati) rahbari Karles Puçdemon BBC telekanaliga bergan intervyusida yaqin kunlarda muxtoriyat mustaqilligini e'lon qilişini bildirdi.
Puçdemonning sözlariga köra, hukumat «şu hafta oxirida yoki kelasi hafta boşida harakatini boşlaydi».
U Ispaniyaning Kataloniya hukumati ustidan nazoratni qölga olişga urinişi ehtimolini şarhlar ekan, jyeneralitet rahbari bu iş «hammasini özgartirib yuboradigan xato» bölişini aytdi.
Kataloniya mustaqilligiga doir referendum 1 oktabrda bölib ötdi. Hukumat ma'lumotlariga köra, 90 foiz saylovçi mintaqaning Ispaniyadan ajralişini qöllab-quvvatladi.
Avvalroq, Ispaniya qiroli Filipp VI referendum natijasini tan olmagan edi.












