30 sentabr kuni xalq deputatlari Pop tuman kengaşi navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Bu haqda Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati ma'lum qildi.
Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorov qatnaşgan sessiyada taşkiliy masala körildi. Tumanni 2016 yil noyabridan beri boşqarib kelgan Öktamjon Ergaşev öz arizasiga muvofiq lavozimidan ozod etildi.
Viloyat örmon xöjaligi boşqarmasi boşliği bölib işlab kelgan A'zamjon Sultonov Pop tumani hokimi etib tayinlandi. Sultonov 2012—2017 yillarda Norin tumani hokimi bölgandi.
Qayd etiş kerakki, bu Pop tumanida keyingi 2 yil içida uçinçi marta hokim özgarişidir.
2015 yil dekabrida Xayrulla Bozorov Bahodir Rahmonovni lavozimdan olib, Javlonbek Yöldoşevni yangi hokim sifatida taniştirgandi.
2016 yil noyabrida esa Yöldoşev öz joyini Öktamjon Ergaşevga böşatib bergandi.












