Samarqanddagi avtobus va tramvay bekatlarida virtual kutubxonalar taşkil qilindi. Endi yölovçilar özining smartfoni orqali kitoblarni elektron körinişini yuklab olişi mumkin böladi. Bu haqda Puşkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-resurs markazining «Feysbuk»dagi sahifasida ma'lum qilingan.
Manbaga köra, Samarqandda «mobil kutubxona» loyihasi işlab çiqilgan bölib, unga köra, yölovçilar avtobus va tramvay bekatlariga joylaştirilgan virtual kitob javonlaridagi kitoblarni QR-kod orqali bepul yuklab olişi va istalgan vaqtda mutolaa qilişi mumkin böladi.

Hozirça virtual katalogda faqatgina 200ta kitob mavjud. Ularning içidan özbek mumtoz adabiyoti namoyondalari, rus adabiyoti va şuningdek Nika Vuyçiç, Paulo Koelo, Adam Jyekson, Jyul Vern, Joan Rouling, Şarlotta Bronte kabi jahon adabiyoti vakillari asarlari örin olgan. Kelgusida bu adabiyotlar soni yanada oşirilişi közda tutilgan. Bundan taşqari foydalanuvçilar kitoblarning audioyozuvli variantini ham yuklab olib, uni istalgan vaqtda tinglab ketişi imkoniyatga ega.

Hozirça bu kabi virtual kutubxonalar Samarqanddagi 20ta bekatga örnatilgan. Jumladan mazkur virtual javonlar Kutubxona, Buyuk Ipak Yuli, Çoy fabrikasi, Talabalar, Amir Temur va boşqa bekatlarda mavjud.












